“Sankt-Peterburg-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro B.J.ga tegishli qo‘l yuklari nazorat-rentgen apparati orqali xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Fuqaro yuklari orasida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilgan.