Hukumat islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvor yo’nalishlarni e’lon qildi. Bugun taqdim etilgan “O'zbekistonda 2019−2021 yillarga mo’ljallangan asosiy iqtisodiy islohotlar yo’l xaritasi"da kelgusi uch yil mobaynida iqtisodiy sektorni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari belgilab berilgan.

Islohotni yo’lga qo’yishning asosiy maqsadi raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga barqaror o’tishni ta’minlashdan iborat. Jahon banki ushbu ijobiy tendentsiyani qo’llab-quvvatlaganlarini xabar qildi.

“Bank milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishi va O’zbekiston fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hukumat bilan yaqin hamkorlikda ishlashni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Bugungi kunda hukumat tomonidan taqdim etilgan islohotlarning yo’l xaritasi beshta asosiy yo’nalishdan iborat:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
  • raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o’tishni jadallashtirish;
  • ijtimoiy himoya va davlat xizmatlarini ko’rsatishni kuchaytirish;
  • bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini kuchaytirish;
  • ekologik samaradorlikni oshirish.

Har bir sohada ustuvor islohotlar boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish tajribasiga asoslanadi, hamda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Qisqa vaqt ichida iqtisodiy sohada ko’p yutuqlarga erishilganligiga qaramasdan, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va ish o’rinlarini yaratish borasida hali ham qiyinchiliklar mavjud.

Xususan, ularning bahosini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, davlat korxonalarining faoliyati va moliyaviy sektorning samarali ishlashini ta’minlash zarur.