Xitoyning “LinkSure Network” kompaniyasi 2026 yilga kelib Yerning barcha aholisi uchun sun’iy yo’ldoshli bepul internet taqdim etishlari mumkin.

ABC xabariga ko’ra, LinkSure 272 ta sun’iy yo’ldoshni tarmoqli qoplama tuzilishini yaratish uchun har xil balandlikdagi orbitaga olib chiqadi.

“Bizning vazifamiz “raqamli tengsizlik"ni yengib o’tishdir. Biz har bir insonga bepul internetdan foydalanish huquqini berishni xohlaymiz”, — deydi LinkSure Network matbuot xizmati ABCga bergan intervyusida.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun, kompaniya “LinkSure Swarm” sun’iy yo’ldoshlarini ishga tushirish dasturini amalga oshiradi. Ulardan birinchisi “LinkSure No.1” Xitoyning shimoli-g'arbiy hududidagi Jiuquan kosmodromidan 2019-yilda Xitoyning Long Mart raketalarining birida ishga tushirilishi kerak. Yana o’nta sun’iy yo’ldosh 2020 yilga qadar orbitaga chiqariladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017 yilgi hisobotiga ko’ra, taxminan 3,9 milliardga yaqin kishi internetga kirish imkoniga ega emas. LinkSure birinchi yo’ldoshlari butun dunyo tarmog’idan tashqarida bo’lgan maydonlarni internet bilan ta’minlashi kerak.

LinkSure Network ijrochi direktori Vang Jininning so’zlariga ko’ra, kompaniya loyihaga kamida 3 milliard yuan (taxminan 590 million $) sarmoya kiritadi.