Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston boshqarmasi tomonidan bank xodimining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, ATIB “Ipoteka bank” Qoraqalpog‘iston filialining nazoratchi kassir lavozimida ishlovchi O‘.E.Ro‘zimbetov 01.07.2017 yildan 01.07.2018 yil davri oralig‘ida Byuroning To‘rtko‘l tumani bo‘limi davlat ijrochilari va surishtiruvchisi tomonidan sud va boshqa organlarning ijrosi tamomlangan jami 421 ta ijro va ma’muriy ish materiallardagi, ya’ni 395 ta ijro hujjatlardagi 80 mln. 806,2 ming so‘m jarima va davlat boji, 393,8 ming so‘mlik ijro yig‘imlari, 26 ta ma’muriy ish materiallaridagi 23 mln. 155,0 ming so‘m ma’muriy jarimani o’zlashtirgan.

Shuningdek, ta’minotchi korxonalarga yetkazilgan zarar va tarmoqga qayta ulanish kabi fuqarolar tomonidan kassaga pattalar (kvitantsiya) orqali to‘lovlari amalga oshirilgan jami 104 mln. 355,0 ming so‘m pul mablag‘larni tegishli hisob-raqamlarga o‘tkazmasdan, rasmiy hujjatlar hisoblangan pattalarga (kvitantsiya) soxta ma’lumot va yozuvlar kiritish orqali, fuqarolar va davlat manfatlariga juda ko‘p miqdorda zarar etkazib, pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘.E.Ro‘zimbetovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirgi vaqtda dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.