Moliya vazirligida “Iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni isloh qilishni qo’llab-quvvatlovchi dasturlar” loyihasi doirasida O’zbekiston bilan Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o’rtasida 150 mln. yevro miqdoridagi kredit bitimini imzolash uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Xabarga ko’ra, FTA direktorlari kengashi, O’zbekistonga, iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi bo’yicha 20 yil muddatga, jumladan, olti yillik imtiyozli davrga ega bo’lgan 150,0 mln. yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni berishni ma’qulladi.

Dasturni amalga oshirishda yangi ish o’rinlarini yaratish va hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlari uchun qo’shimcha moliyalashtirish manbalari taqdim etiladi.

Ta’kidlanishicha, kredit Osiyo taraqqiyot bankining siyosat matritsasi asosida taqdim etildi, bu makroiqtisodiy ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash, fiskal va moliyaviy boshqaruvni mustahkamlash, davlat korxonalarini boshqarishni takomillashtirish va xususiy sektorning davlat dasturlarida ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.