Huawei o’zining yangi Huawei Smart (2019) smartfonini taqdim etdi.
Qurilma joriy yilning yanvar oyida taqdim etilgan Huawei P Smart smartfonining vorisi bo’ldi. Yangilik shisha korpus va IPS-matritsaga ega 6,21 dyuymli displey, Full HD + (2340×1080 piksel) o’lchamlari va tomchisimon kesik bilan ajralib turadi.
Smartfon GPU Turbo grafik tezlashuvi texnologiyasi bilan Kirin 710 protsessorida ishlaydi. Smartfon 3 Gb operativ va 64 Gbayt ichki xotiraga ega. MicroSD xotira kartalari uchun 256 Gb gacha xotira joyi mavjud.
Yangilik sun’iy idrok funksiyasiga ega ikkita kamera bilan jihozlangan. Asosiy modul — 13 megapiksel, ikkinchisi 2 megapikselli modul bilan jihozlangan. Old kamera — 8 megapiksel.
Huawei P Smart (2019) 3400 mAh quvvatga ega batareyani olgan, bu esa afsuski, Micro USB port orqali amalga oshiriladi. Lekin, smartfonda quloqchinlar uchun joy ajratilgan. Qurilma EMUI 9 bilan qoplangan Android 9 Pie’da ishlaydi.
Ushbu yangilik 21 dekabr kuni ikki rangda (Aurora Blue and Black) sotuvga chiqariladi.