Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning “SAM GREEN AGRO HOUSE”, So., ltd, “RICO GROPP” investments agency, “METABUSCO” corporation tomonidan yuborilgan taklifga asosan xizmat safarida bo’lishdi.

Safar mobaynida utkazilgan biznes forum, brifing va uchrashuvlar davomida “kelishuv bitimi” imzolandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Koreya kompaniyalari Oqdaryo tumanida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun 2,3 million $ miqdorida investitsiya kiritadi. Shuningdek, energiya tejamkor quyosh batareya panellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.