O‘zbekistonning davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bir million so‘mni tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida o‘tkaziladi. Auksion shartlari haqidagi ma’lumot kamida yetti kun avval e’lon qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish Markaziy bank tomonidan yetti kun avval bu haqida e’lon qilinib amalga oshiriladi.
18 dekabr 2018, 12:02
Iqtisodiyot
Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi
Qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bir million so‘mni tashkil etadi.

Foto: Financial Enhancement Group
«Spot»
- 1 116
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:57 Iqtisodiyot
Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 23 ta bank orqali valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Kecha, 18:17 Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy rekord o‘rnatib, $49,2 mlrddan oshdi
Aprel oyida Markaziy bankning xalqaro aktivlari hajmi $1,4 mlrdga oshdi, oltin zaxiralari ham rekordni yangilab, $37,65 mlrdga yetdi. Qimmatli qog‘ozlar hajmi esa qariyb uch yarim baravar oshib, $703,9 mlnni tashkil etdi.
Kecha, 17:47 Iqtisodiyot
Turkish Airlines Moskva va Sankt-Peterburgdan Antaliya, Bodrum, Dalaman va Istanbulga 20 dan ortiq reyslarni bekor qildi
Buning sababi Rossiyaning turli shaharlaridagi aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga bo‘lgan cheklovlar tufayli jadvallarning qayta tuzilishi bo‘lishi mumkin.
Kecha, 16:52 Qonunchilik
Onlayn-platforma va saytlar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda
AOKA tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan, axborot oluvchilarning huquqlarini himoyalash, qonunchilikni liberallashtirish, shuningdek, blogerlar majburiyatini yengillashtirish taklif etilmoqda.
Kecha, 16:38 Qiyofa
Facebook tushkunlikka tushgan o‘smirlarni aniqlash imkoniyatiga ega — OAV
Qayd etilishicha, kompaniya bu orqali ularga komplekslarni rivojlantiruvchi maqsadli reklamalarni taklif qiladi va daromad oladi.
Kecha, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 30 so‘mga pasayib, 12 880,35 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:00
Paynet strategik rivojlanishni ta’minlash maqsadida Kuzatuv kengashi shakllantirganini e’lon qildi
Paynet korporativ boshqaruvning shaffofligi, barqarorligi va samaradorligini oshirish maqsadida fintex va strategik yetakchilik sohasidagi xalqaro ekspertlardan iborat Kuzatuv kengashini tuzadi.
Kecha, 14:23 Biznes
Bellissimo Pizza Qozog‘iston bozoriga chiqmoqda
Birinchi bosqichda Ostonada uchta restoran faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.