Prezident Donald Tramp Oq uy matbuot xizmati xabariga ko’ra, 2017 yil dekabr oyidagi 13818 qarorini uzaytirdi. Ushbu qaror “Magnitskiy akti” doirasida sanksiyalar joriy etgan, deya xabar beradi RBK.
Sanksiyalar ostida qolgan turli mamlakatlardan bo’lgan 13 kishi ro’yxati AQSh Moliya vazirligi veb-saytiga joylashtirilgan. Ro’yxatda O’zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova, Rossiya Bosh prokurorining o’g’li Artyom Chayka, “Berkut” Ukraina maxsus kuchlari sobiq qo’mondoni Sergey Kusyuk o’rin olgan. Shuningdek, ro’yxatda Serbiya, Xitoy, Nikaragua, Janubiy Sudan va Pokiston fuqarolari mavjud.
AQSHda ta’kidlanishicha, Gulnora Karimova “Biznesni eksporpriatsiya qilish, bozorlarni monopollashtirish, pora undirishda davlat resurslarini qo’llagan uyushgan jinoyatchilikning kuchli birlashuviga” boshchilik qilgan.
Sanksiyalar, AQSh yurisdiksiyasi ostidagi barcha aktivlarni blokirovka qilish, shuningdek, AQSh fuqarolarini sanksiya ro’yxatidagi shaxs yoki tashkilot bilan biron-bir bitimga kirishni taqiqlashni o’z ichiga oladi.