Valyuta bozori erkinlashtiriladi. Bu haqda 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida keltirilgan.

Loyihaga binoan chet el valyutasi bilan bog‘liq amaliyotdagi asossiz cheklovlar bartaraf etiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2019 yil 1 martga qadar Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.