2019 yilda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti quriladi. Bu haqda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida keltirilgan.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo‘llar qurish va elektrlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini ko‘riladi:

  • yangi 2 ta “Boeing 787 Dreamliner” samolyoti xarid qilinib, “Toshkent-Sharqiy” zamonaviy aeroportini quriladi;
  • “Andijon-Savay-Xonobod” temir yo‘l uchastkasi modernizatsiya qilinib, Toshkent metropolitenining Yunusobod, Sirg‘ali va Toshkent shahrining aylanma yer usti qismining birinchi bosqichini quriladi.

Loyihani amalga oshirishda 572,8 mlrd so‘m 630 mln $ sarflanadi.

Ilgari Spot Flydubai loukosteri Toshkentga qatnovni amalga oshirishi haqida xabar bergan edi.