Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida keltirilgan.

Dasturda:

  • soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish;
  • xodimlarning ish haqi miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini oshirish hisobiga ko‘paytirish;
  • pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini oshirish ko‘rsatkichidan kelib chiqib ko‘paytirish nazarda tutiladi.

“Eng kam ish haqi belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish kerak. Soliq va boshqa to‘lovlarni eng kam ish haqi miqdoriga bog’liq bo‘lishi noto‘g‘ri. Bu butunlay noto‘g‘ri tizim”, — degan edi Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida.

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bankga 2019 yil 1 martga qadar hujjat loyisani ishlab chiqish yuklatildi.