Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 70 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Shu jumladan, aholi omonatlari 21%ga oshib, 14,7 trln. so‘mga yetdi.

Ta’kidlanishicha, dyepozit mablag‘lari tarkibida milliy valyutadagi depozitlar va omonatlar ulushi mos ravishda 62% va 60%gacha oshib, mazkur ko‘rsatkichni bank aktivlarini (resurs) shakllantirishda xorijiy valyutaning ahamiyati pasayganligi sifatida izohlash mumkin.

Bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari joriy yil boshiga nisbatan 51%ga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 167 trln. so‘mni tashkil etdi.

Kredit qo‘yilmalari dinamikasining ushbu davrida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 62%dan 56%ga tushib, kamayish tendensiyasiga ega.