O’zbekistondagi uchta uyali aloqa operatorlari yolg’on ma’lumotlar spam-tarqatmasi haqida ogohlantirdilar. Ushbu e’lon UMS, Beeline va Uzmobile tomonidan chop etilgan.

Matnda operator tug’ilgan kuni munosabati bilan bepul internet-trafik va daqiqalar shaklida bonuslarni taqdim etayotgani va ushbu bonuslarga ega bo’lish uchun xabarni boshqa 20 ta abonentga jo‘natish kerakligi keltirilgan.

Kompaniyalarda ma’lumot yolg’onligi ma’lum qilinib, xabarlarga ishonmaslik so’raldi va mazkur holatni aniqlash va blokirovka qilish bo’yicha choralar ko’rayotganligi haqida ta’kidlab o’tildi.