O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, Moliya vaziriga xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha shartnoma va bitimlarni imzolash vakolati berildi.

Shuningdek, Moliya vazirligi quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi belgilandi:

  • xalqaro moliya bozorida O‘zbekiston nomidan xalqaro obligatsiyalar emitenti bo‘lib ishtirok etish;
  • xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha shartnoma va bitimlar tuzish;
  • xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
  • xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishda kerak bo’ladigan tegishli bank xisob varaqlarini ochish va yuritish.