Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Birinchi bosqichda 90 kilometrlik optik tolali kabellar metropolitenning 29 ta bekati oralig‘ida o‘rnatilib, mart oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

“„Paxtakor“ va „Alisher Navoiy“ bekatlari Wi-Fi tarmog‘iga ulangan. Mazkur bekatlarda 20 dan ortiq Wi-Fi qurilmalari o‘rnatilgan. Byekatlardagi kutish vaqtida 500 ga yaqin yo‘lovchilar Wi-Fi tarmog‘idan foydalangan”, deyiladi xabarda.

“Metrotelecom TM” ning ma’lumotlariga ko’ra, foydalanuvchilar operatorning media portaliga tashrif buyurishi va onlayn TV, film, musiqa va kitoblarni ko‘rish hamda yuklab olish imkoniyatiga ham ega.