AnTuTu fevral oyining eng samarali mobil qurilmalari to’plamini e’lon qildi.

Android-smartfonlar reytingida birinchi o’rinni 2019-yilgi Xiaomi Mi 9 egalladi. Xitoyda uning sotuvlari 26 fevralda boshlandi va bir necha kun ichida foydalanuvchilar mingdan ortiq qurilmani sinab ko’rishdi (bu ro’yxatda ko’rsatilgan minimal chegara hisoblanadi).

Keyingi bir necha oy mobaynida AnTuTu reytingi tez-tez o’zgarib bormoqda, negaki Snapdragon 855 chipsetida ko’plab flagmanlar paydo bo’lmoqda, hozircha Xiaomi Mi 9 eng yaxshi natijani o’rtacha 371 849 ball bilan ko’rsatdi.

Ikkinchi o’rinda xuddi shu SoC va smartfonlar uchun maksimal 12 Gbayt operativ xotira bilan Lenovo Z5 Pro GT joylashdi.

Uchtalikni o’tgan yilgi Snapdragon 845 protsessoriga asoslangan o’yinbop Nubia Red Magic Mars tugatdi.

Keyingi o’rinlarni maxsus Kirin 980 chipsetiga ega Huawei Mate 20, Honor V20, Huawei Mate 20 X va Honor Magic 2 dan iborat Huawei’ning fantastik to’rtligi egalladi.

Ro’yxat bilan batafsil quyida tanishish mumkin: