5 martdan boshlab bank hisobraqamini masofadan turib ochish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, bankni tanlash, so‘ngra 5 daqiqa ichida bank hisobraqamni ochish mumkin.

Buning 2 usuli bor:

  • Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish;
  • fo.birdarcha.uz orqali elektron xizmatdan foydalanish.