Prezident “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan Majburiy ijro byurosi rasmiy saytida bepul asosda ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizim orqali, jumladan Internet tarmog‘i orqali undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlari borishini barcha bosqichlarini kuzatish, shuningdek, qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi. Mazkur tizimdan my.gov.uz portali orqali ham foydalanish imkoniyati ham yaratiladi.

Bundan tashqari qarorga muvofiq, MIBga shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do‘konlar jumladan, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari orqali sotish tartibi joriy etiladi.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xarid qilingan mol-mulk uchun elektron, shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn to‘lov qilish imkoniyati yo’lga qo’yiladi.