26 mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida keng miqyosli Startup Mix konferensiyasi o’tkaziladi.

Tadbir “Fan va texnologiya sohasida ayollar” Markaziy Osiyo haftaligi doirasida bo’lib o’tadi. Tadbirda Markaziy Osiyo, Silikon vodiysi va Buyuk Britaniya investorlari, tadbirkorlari, olimlari, texnologiya kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etadilar.

Asosiy sessiyalar:

  • XXI asrda muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo’lgan ko’nikma va texnologiyalar haqida muhokamalar
  • STEM sohasida mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokamasi
  • Startaplar uchun intellektual huquqlar
  • Texnologiyalardagi trendlar. Silikon vodiysida nima muhim?
  • “Astana” xalqaro moliya markazi investorlarining sessiyasi
  • Silikon vodiysi sarmoyadorlari startaplarda nimani qidirmoqdalar?
  • Startaplar uchun pitch bo’yicha trening
  • Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya startaplaridan pitchlar
  • Talabalar uchun sessiyalar: STEMda ishlash va texnik kompaniyalarda intervyular o’tkazish bo’yicha layfhaklar
  • Internet of Things va robototexnika bo’yicha talabalar uchun interaktiv seminarlar
  • Videomeykerlik bo’yicha vorkshoplar

Google, Symantec, Apple, Zenefits, LinkedIn, Mozilla Corp, GoDaddy, Northgate Environmental Management, Lockheed Martin, Salesforce, Juniper Networks, Silicon Valley Social Ventures, Fast Forward, Unity Technologies kabi kompaniyalar vakillarini tinglash va savollar berish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Seminarlar parallel rejimda, turli xonalarda o’tkaziladi, tinglovchilar o’zlari uchun eng qiziqarlilarini tanlab olishlari mumkin. Konferensiya ingliz tilida (sinxron tarjima bilan), sessiyalarning bir qismi esa rus tilida o’tkaziladi.

Anjumanda qatnashish bepul, faqat ro’yxatdan o’tish kerak. Ro’yxatga olish bu yerda.

Anjumanning asosiy yo’nalishi: barqaror rivojlanish, startaplar, sun’iy intellekt “yashil” texnologiyalar sohasida karyera qilish imkoniyatlari.