Olimlar, simsiz quloqchinlar sog’liq uchun xavfli degan xulosaga kelishdi: ular saraton rivojlanishini qo’zg’atishi mumkin. Radiochastotali radiatsiyani qo’llaydigan qurilmalar quloqlarga haddan ziyod radiatsiyalarni ajratgani sababli xavf tug’dirishi mumkin.

BMT va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga yo’llangan xavfdan ogohlantiruvchi maxsus petitsiyani 250 nafar olimlar imzoladi.

Ularning so’zlariga ko’ra, radiochastotasi radiatsiyasini, jumladan, Bluetooth va Wi-Fi'ni qo’llaydigan simsiz quloqchinlar xavfli o’smalarning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin, deb yozadi “Daily Mail”.

Olimlar hayvonlarda tajriba o’tkazdilar, bu tasdiqladi: simsiz quloqchinlar saraton kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunda quloqchinlar regulyatorlar tomonidan ruhsat etilgan maksimal darajadan ancha past radiatsiya ajratgan.

Shunday bo’lsa-da, Amerika kompaniyasi “Apple” 2018 yilda 29 million simsiz quloqchinlarni sotishga muvaffaq bo’ldi. Simsiz quloqchinlar kichik quvvatli to’lqinlarni yetkazib berish uchun elektromagnit energiyadan foydalanib, Bluetooth yordamida smartfonga ulanadi.