25 martdan 31 martgacha bo‘lgan davr mobaynida birja savdolarining hajmi 562,8 mlrd so‘mdan 906,9 mlrd so‘mga oshdi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni kimyo mahsulotlari egallab, uning ulushi 18,1% ni tashkil etdi.

Keyingi o‘rinlarda qurilish materiallari- 16,5%, paxta tolasi — 15,3% va neft mahsulotlari — 12% ulush bilan joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,5 mln $dan ortiqqa teng tovarlar sotildi. O‘tgan haftada eksportga piroliz benzini va polietilen katta hajmda sotilib, ularning ulushlari mos tarzda 57% va 17% ni tashkil etdi. Keyingi qatorlardan joy olgan paxta tolasi ulushi 12% ga, neft koksi 10% ga teng. Boshqa tovarlarning ulushi 4% ga teng.