Google Summer of Code stajirovkasiga arizalar qabul qilinmoqda.

Stajirovkada dunyo bo’ylab (AQSh embargoni qo’llagan mamlakatlardan tashqari) 18 yoshdan oshgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Nomzod akkreditatsiyadan o’tgan Oliy o’quv yurtida bakalavr, magistr yoki aspirantura dasturiga kiritilishi va uch oylik dastur mobaynida o’z mamlakatida ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Talabalar Google tomonidan tanlagan dasturchi kompaniyalar loyihalari ustida ishlashadi. Ishtirok etish uchun loyihani tanlab, ariza berish kerak. Keyin kompaniya stajorni tanlaydi. Stajorlar murabbiy rahbarligida ishlashadi.

Stajor loyihani muvaffaqiyatli tamomlasa, moddiy mukofotga (stipendiyaga) ega bo’ladi. Stipendiyalar ishning har bir bosqichi tugagandan so’ng uch qismda to’lanadi:

  • iyun oyining oxiri — 30%;
  • iyul oyining oxiri — 30%;
  • avgust oyining oxiri — 40%.

Stipendiyalar miqdori 3000 $dan 6 600 $gacha bo’lib, xarid qobiliyati tengligi asosida hisoblanadi. O’zbekiston universitetlari talabalari uchun stipendiya 3000 $ni tashkil etadi.

Arizalar 9 aprelga qadar qabul qilinadi. Havola orqali shartlar bilan batafsil tanishish va ariza topshirish mumkin.