Farg’onada AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo’lga olindi, xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Dyepartamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 $ qalbaki ekanligi aniqlangan.

Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 $lik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 $ mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qalbaki AQSH dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.