Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi Uzcard banklararo to‘lov tizimining logotipi o‘zgartirilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya ma’lumotida keltirilgan.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, xorij tajribasi va moliya sohasidagi xalqaro kompaniyalar ishtirokidagi o‘zaro hamkorlikni o‘rganish davomida Uzcard to‘lov tizimning yangi imidjini yaratish ehtiyoji kuzatildi. Shu bois, kompaniya logotipini o‘zgartirish vazifasini ilgari surildi:
“Mutaxassislar oldida Uzcard banklararo to‘lov tizimi asosiy belgisining yangi ko‘rinishi, xususiyatlarini yaratish va unga nisbatan ijodiy yondashish talab etildi. Yangi logotipni yaratish jarayonida Uzcard to‘lov tizimi foydalanuvchilari tomonidan uni qabul qilinish darajasi inobatga olindi”, deyiladi xabarda.
Yaratilgan konsepsiyaga binaon, yangi logotip harf ishtirok etgan belgi hamda matnli ko‘rinishdan iborat.
Logotipning harf ishtirok etgan belgisida karta ko‘rinishi va uning burchagida quyosh elementi mujassamlashgan bo‘lib, Uzcard tizimi tomonidan taqdim etilayotgan kuch va imkoniyat ma’nosini anglatadi. Undagi olov rangi ham kuch-quvvatni aks ettiradi.
Yangi logotip TBWA\Tashkent (OOO “Creative Agency”) agentligi tomonidan taqdim etildi.