8 apreldan 14 aprelgacha bo’lgan davr mobaynida birja savdolarining hajmi 776,1 mlrd so‘mdan 874,1 mlrd so‘mga oshdi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni qurilish materiallari egallab, uning ulushi 18% ni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda kimyo mahsulotlari — 16,3%, neft mahsulotlari — 16,1% va paxta tolasi — 15,3% ulush bilan joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 4,2 mln $ga teng tovarlar sotildi. O‘tgan haftada eksportga suyultirilgan gaz katta hajmda sotilib, uning ulushi 34% ni tashkil etdi.

Keyingi qatorlardan joy olgan paxta tolasi 29%, gazolin pirolizi 22% va boshыa tovarlar 15% ulushga ega bo‘ldi.