Toshkentda fuqaro bankga taqdim 29 ming yevro qalbaki ekanligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o’tkazildi.

Unda fuqaro A.Z. tomonidan ATB “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.