22 apreldan 28 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 728 tadan 675 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 14% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 39% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 939,2 mlrd so‘mdan 945,3 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,3 mln $ga teng tovarlar sotilib, o‘sish 11% ni tashkil etdi.

Eksport tarkibida neft mahsulotlari 77% va polietilening turli markalari 23% ni egallashdi.