Endilikda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun ma’lumotni Telegram-bot orqali bilish mumkin, xabar beradi “O'zbekneftgaz” matbuot xizmati.

“O‘ztransgaz” AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida jamoatchilikka to‘liq ma’lumot olish uchun “Telegram-bot"ni ishga tushirdi

Buni amalga oshirish uchun Telegram messenjeriga kirib, @MIBInformerBot bo‘limini tanlash lozim. So‘ngra telefon raqamni kiritish va “gaz” qismini tanlash, shaxsiy hisob raqami bilan gaz hisoblagichdagi ko‘rsatkichni yuborish lozim bo’ladi.

Telegram-bot iste’molchining so‘roviga ko‘ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma’lumotni taqdim etadi va fuqarolar uylaridan turib iste’mol qilingan kommunal xizmatlar haqida ma’lumot olish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlariga yordam beradi.