“Uzavtotrans Service” MCHJ 2 maydan e’tiboran Qozog‘istoning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent-Turkiston”, “Toshkent-Olmaota”, “Toshkent- Ushkunur”, “Chirchiq-Ushkunur” yo‘nalishlari shular jumlasidandir:
- “Toshkent-Turkiston” yo‘nalishi chipta narxi 50 000 so‘m;
- “Toshkent- Olmaota” yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m;
- “Toshkent-Ushkunur” yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m;
- “Chirchiq- Ushkunur” yo‘nalishi chipta narxi 90 000 so‘m.
Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent — Nur-Sulton (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Taraz (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Qizilo‘rda (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Turkiston (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent — Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, kelajakda Xitoy, Turkmaniston, Rossiya hamda Qirg‘iziston shaharlariga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan yo‘nalishlar ochish rejalashtirilgan.
Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslarida amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan harid qilish mumukin.