Prezident imzolagan qonunga binoan jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.
Jinoyat kodeksi 2444 modda (Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan to’ldirildi.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.