Formalin narxi pastroq bo’ladi, deb xabar beradi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, tadbirkorlarning murojaatlariga binoan, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida ishlatiladigan formalinni ishlab chiqarish va sotish bozorini o’rganildi.

Tadqiqot natijalariga ko’ra, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish “Navoiyazot” AJ tomonidan amalga oshiriladi.

Korxona yagona ishlab chiqaruvchiligini hisobga olgan holda, subyekt tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning davlat reestriga kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, formalin narxini o’rganish ham amalga oshirildi, natijada narxlar 20%ga kamaytirildi.