Buxoroda havodan ichimlik suvi olish uchun Isroil qurilmasi ishga tushiriladi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

3 may kuni O’zbekistonning Isroildagi elchixonasi havo orqali ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Isroilning “Watergen” innovatsion kompaniyasi vitse-prezidenti Mixail Rutman bilan muzokaralar o’tkazdi.

Muzokaralar chog’ida O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlar o’rnatish, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Isroildagi diplomatik missiya va Innovatsion rivojlanish vazirligi ko’magida yaqin kunlarda Buxoro viloyatida kuniga 900 litr ichimlik suvi ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilma sinovdan o’tkaziladi.

Mixail Rutman sinov muddatining rasmiy ravishda ishga tushirilishi va kelgusidagi muzokaralarni o’tkazish uchun 12−16 may kunlari tashrif buyuradi.