15 may kuni Toshkentda “O‘zatom” agentligi va “Росатом” davlat korporatsiyasining qo‘shma loyihasi — Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi, xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Axborot markazi O‘zbekiston aholisi uchun har bir inson atom nima ekanligi, AES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qo‘llanilishi va ko‘pgina boshqa masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydon bo‘ladi.

Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan: maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshi kattalar.

Markaz faoliyati notijoriy bo‘lib, tashrif va barcha ma’naviy tadbirlar markaz mehmonlari uchun bepul. Markaz maydonida olimlarning ommaviy ma’ruzalari o‘qiladi, atom tarmog‘i mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bog‘liq turli tadbirlar tashkil etiladi.

“Axborot markazining ochilishi — O‘zbekistonda ilk atom elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirishning muhim qismi. Ishonchimiz komilki, atom infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish barcha mamlakatlarda jamiyatning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, — deydi “Росатом” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov.

Ta’kidlanishicha, markaz zamonaviy multimedia jihozlari bilan ta’minlangan — o‘zbek va rus tillaridagi g‘ayrioddiy videodasturlar, qishloq xo‘jaligi sohasida atom texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatini namoyish qiladigan interfaol doskalar va O‘zbekistonda quriladigan atom stansiyasining maketi bilan.