Toshkent shahridagi IT-park 4 iyun kuni arizalarni onlayn tarzda qabul qila boshlaydi. Bu haqda IT-park rahbari Farhod Ibragimov ma’lum qildi.

IT Park — yangi innovatsion makon bo’lib, unda yosh va intiluvchan mutaxassislar IT-mahsulotlar ustida ishlaydilar va jamiyatning axborot sohasini rivojlantiradilar.

“O'z g’oyalarini yoki mavjud IT-loyihasini rivojlantirishni rejalashtirganlar uchun yaxshi yangilik! IT-Park startap komandalaridan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi”, — deya yozadi Farhod Ibragimov Facebook sahifasida.

IT-park Mirzo Ulug’bek tumanidagi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yaqin joylashadi.

Startaplarni qo’llab-quvvatlash (shu jumladan venchurli moliyalashtirish hisobiga), mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishga ko’maklashish, startaplar uchun zarur infratuzilma taqdim etish, mahorat darslari va boshqa ta’lim tadbirlarini o’tkazish kabilar loyihaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Texnopark vakillari davlat mablag’lari hisobidan, ya’ni AKTni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan loyihalarining moliyalashtirilishiga ishonishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.