YPX xodimlari xizmat vazifalarida mobil videokameradan foydalanishiga oid talab uzaytirildi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

2019 yil 1 iyuldan yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishi kerak edi. Qaror bilan mazkur talab 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Shunga ko‘ra, yo‘l harakati qatnashchilari 2020 yil 1 yanvargacha xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi.