O’zbekiston farmatsevtika bozorida qalbaki dori vositalari ulushi 10−15% ni tashkil etadi.
Bu haqda Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi bo’lim boshlig’i Aziz Do’smatov “Qalbaki va noqonuniy dori vositalari aylanishiga qarshi kurash” mavzusiga bag’ishlangan brifingda ma’lum qildi, xabar beradi Spot muxbiri.
Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda ro’yxatga olingan va tibbiy davolanishga yo’l qo’yilgan vositalar qalbakilashtirilgan.
“Umuman olganda, bu katta talabga ega bo’lgan, ko’p eshitiladigan, faol reklama qilinadigan va yaxshi sotiladigan dorilar”, — deydi Aziz Do’smatov.
Agentlik direktori Sardor Qoriyevning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarilmaydi.
“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kuchli nazorat olib boramiz. Yetkazib berish asosan qo’shni mamlakatlardan amalga oshiriladi “, — dedi u.
2019 yilning 4 oyi natijalariga ko’ra, O’zbekistonda 69 turdagi 15 milliondan ortiq sifatsiz, qalbaki, ro’yxatdan o’tkazilmagan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar aniqlandi.