17 iyul kuni “Beyneu — Akjigit — O‘zbekiston chegarasi” xalqaro avtomagistralining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Avtomobil yo‘lining uzunligi 84 kilometrni tashkil etadi.

Mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘l bilan tutashtirish uchun 108 mln $ miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.

“Beyneu — Akjigit — O‘zbekiston chegarasi” avtomagistrali mamlakatlarning iqtisodiyoti yuksalishi va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining ortishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning Qozog‘iston orqali Shimoliy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlar — Boltiqbo‘yi va Yevropa mamlakatlariga chiqishida, shuningdek, dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan bog‘lanishida muhim ahamiyat kasb etadi.