2019 yilning yanvar-iyun oyida jami 738,5 ming tonnadan ziyod mеva-sabzavot mahsulotlari 628 mln $ga eksport qilindi (o`sish sur`ati — 35,7%). Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 540,1 ming tonna sabzavotlar 312,2 mln $ga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 111,1 ming tonnaga ko`p miqdorda eksport qilingan.
Shuningdek, 198,4 ming tonna mеva va rezavorlar 315,8 mln $ga eksport qilingan bo`lib, eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 37,2 ming tonnaga ko`pdir.
Jumladan, 2019 yil yanvar-iyun oylarida meva va sabzavotlarning umumiy eksportdagi ulushi 7,4% ni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4% ga ko’pdir.
