Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, filialning ta’lim faoliyati 2020/2021 o’quv yilidan boshlanadi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

  • Suv bioresurslari va akvakultura
  • Ekologiya va tabiatdan foydalanish
  • Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
  • Baliqchilik xo’jaligi iqtisodiyoti

2019/2020 o’quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Astraxan davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi shaklda qoʻshma ta’lim dasturi asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi. Bitiruvchilarga ikki tomonlama tan olinadigan diplom taqdim etiladi.

Astraxan davlat texnika universitetining filiali Toshkent viloyati, Qibray tumani, 2 uyda joylashgan TDAU zootexniya fakulteti binosida joylashtiriladi.