26 iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirining Xitoy Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tomonlar joriy yilning 15 avgustigacha 20 ta loyihaga tanlov asosida grant ajratish uchun loyiha mavzularini e’lon qilishga hamda keyingi yilning boshida ularni moliyalashtirishga kelishib oldilar.

O’zbekiston yosh olimlari va tadqiqotchilarini Xitoyning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkadan o‘tish masalasiga to‘xtalib o’tildi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma ilmiy laboratoriyalar va texnoparklar tashkil etish masalasida ham hamfikr bo‘ldilar. Shu o‘rinda yuqori texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni laboratoriya va texnoparklar faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.