Xiaomi kompaniyasi Xitoyda eng kuchli Snapdragon 855 protsessori va 12 Gb tezkor xotiraga ega Black Shark 2 Pro o’yinbop smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Gizmochina” xabar berdi.

Yangilik diagonali 6,39 dyuymli, o’lchamlari 2340×1080 bo’lgan AMOLED ekraniga ega bo’ldi. Sensorli ekranning chastotasi 240 Gts ni tashkil etdi.

Asosiy kamera ikkita — 48 + 13 megapikselli modul bilan taqdim etilgan, old kamera esa 13 Mp. Batareya quvvati 4000 mA/soatni tashkil etadi, shuningdek, 27 vattli zaryadlagich va displeyda barmoq izi skaneri qo’llab-quvvatlanadi.

Qurilma Snapdragon 855 Plus asosida qurilgan, LPDDR4X operativ xotira hajmi 12 Gb, flesh-xotira hajmi esa konfiguratsiyaga qarab 128 yoki 256 Gb ni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon AnTuTu-da 500 mingdan ko’proq ball to’plamoqda.

Black Shark 2 Pro ekranning yiltirashini bartaraf etadigan DC Dimming 2.0 texnologiyasi, shuningdek, Magic Press 2.0 texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi va Android 9.0 Pie’da ishlaydi.

Smartfon sotuvi 2 avgustdan boshlanadi. 128 Gb xotirali Black Shark 2 Pro narxi 436 $ga, 256 versiyasi esa 504 $ga baholandi.