Facebook Reality Labs bo’limi xodimlari va San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari suhbat davomida qayd etilgan miya faoliyati og’zaki matnni dekodlash uchun ishlatilishi mumkinligini aniqladilar, deb yozadi “vc.ru”.

Tadqiqotchilar epilepsiya bilan og’rigan bemorlarning miya faoliyatini qayd etishdi va keyin so’zlarni real vaqtda o’qishga muvaffaq bo’lishdi.

Hozircha miya-kompyuter interfeysi (brain-computer interface; BCI) faqat kichik so’zlar va iboralar to’plamini tushuna oladi. Kelajakda olimlar daqiqada 100 so’zni dekodlashga erishishni rejalashtirmoqdalar.

Facebook invaziv bo’lmagan taqiladigan qurilmani yaratish uchun BCI texnologiyasidan foydalanish istagida, bu odamlarga matnni so’zlarni ichlarida aytgan holda terishga imkon beradi. Qurilma nutqi buzilgan odamlarga yordam beradi.

Kompaniya ichki nutqni kompyuter ekraniga shifrlash texnologiyasi ustida 2017 yildan buyon ishlayotganini qayd etdi — dasturning ishlab chiqilishi o’n yildan ko’proq vaqt talab qilishi mumkin.