Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatini aniqladilar.

“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro Yu.G. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida fuqaroning yuklari orasidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 2 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.