O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalaniladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalanishga doir bitim imzolandi. Bu haqda Spot’ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur bitim “Aqlli qishloq xo‘jaligi” Konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini obyektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha mamlakatimizdagi bitta viloyat misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Joriy yilning avgust oyida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va ekinlarning o‘sishi sharoitlari bo‘yicha ma’lumotni aniqlash, yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o‘tkaziladi.

Prezident Belarusga qilgan tashrifi doirasida “Belarus” yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi. Mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.