Telegram boshqa odam tomonidan foydalaniladigan nomni olish mumkin bo’lgan botni ishga tushirdi — @username_bot. Bu haqda kompaniyaning Twitter-dagi akkauntida ma’lum qilindi.

Band bo’lgan yuzerneymga ega bo’lish uchun u quyidagi uchta ijtimoiy tarmoqning ikkitasida foydalanuvchiga tegishli bo’lishi kerak:

  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter

Ushbu funksiya messenjer paydo bo’lganidan beri mavjud edi, ammo hozirda u avtomatlashtirildi.