Samsung Nyu-Yorkda Galaxy Unpacked tadbirini o’tkazdi va unda yangi Galaxy Note 10 flagman fabletlarini taqdim etdi. Birinchi marta birdaniga ikkita model: Note 10 va Note 10+. Bu haqda “Gizmochina” xabar berdi.

Note 10 6,3 dyuymli Dynamic AMOLED displey (2280×1080), Note 10+ 6,8 dyuymli Dynamic AMOLED displey (3040×1440)ga ega. Ikkala ekran ham Gorilla Glass 6 himoya oynasi bilan qoplangan va tomonlar nisbati 19,5:9 ga teng.

Ikkala model ham Exynos 9825 protsessori bilan jihozlangan. Ba’zi mamlakatlarda u Snapdragon 855+ bilan almashtiriladi.

Operativ xotira Note 10 uchun — 8 Gb, Note 10 +da esa — 12 Gb, ichki xotira hajmi esa — 256 Gb, ammo uni microSD karta bilan 1 TB gacha oshirish mumkin (faqat Note 10+da).

Kichik modelda 3500 mA/soat batareya, kattasida esa — 4300 mA/soat batareya o’rnatilgan.

Barmoq izlari skaneri ekranning quyi qismida joylashgan, NFC, AKG stereo dinamiklari va namlik va changdan himoya qiluvchi IP68 o’rnatilgan.

Ikkala smartfonning old kamerasi bittalik — 10 Mp, ammo tungi rejim ham mavjud. Galaxy Note 10'dagi asosiy kamera uchtalik: 12 Mp datchik (f / 1,5 dan f / 2,4 gacha diafragma), 12 Mp teleobyektiv (f / 2.1) va keng burchakli 16 megapikselli modul (f / 2.2). Galaxy Note 10+ shuningdek to’rtinchi — ToF kamerasiga ega.

Kamera HDR10 +, 4K 60fps video yozishni, HD 960fps va 2 karralik optik zumni qo’llab-quvvatlaydi.

S pen

Galaxy Note seriyasining ajralmas qismi bu S Pen imzo stilusidir. Uning vazifalari yil davomida ham takomillashib bordi. U yordamida kamerani faollashtirish, treklarni almashtirish va Bluetooth yordamida suratga olish mumkin.

Endi ekran bo’ylab harakatlanish uchun stilusdan foydalanish shart emas: Galaxy Note 10 S Pen harakatlarini 10 metrgacha aniqlay oladi. Natijada, rasm rejimlarini tanlash, portretlarni kattalashtirish yoki kichraytirish va kamerani sozlash uchun imo-ishoralardan foydalanish mumkin.

Samsung Galaxy Note 10 va Galaxy Note 10+ sotuvi 23-avgustdan boshlanadi. Kichik model 945 $ga baholanmoqda, kattasi — 1099$.