2020 yil 1 fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu haqda prezident farmonida keltirilgan.

Farmonga binoan quyidagilar huquqiy eksperimentning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarining samaradorligini aniqlash;
  • xususiylashtirish mexanizmlarini amalda qo‘llash samaradorligini baholash;
  • sohadagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlarini ularning amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlar sohalarini to‘liq qamrab olinishi jihatidan monitoring o‘tkazish;
  • ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shug‘ullanishga jalb qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Huquqiy eksperiment natijalariga ko‘ra, 2020 yil 5 fevralga qadar uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritiladi.