“Yandeks” O‘zbekistonda smartfonlar uchun virtual klaviaturani ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Unda muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan: matnni kiritishda yordamlar, giflar, emodzi, stikerlar, matnni ovozli kiritish va tarjimon bor. Yozishmani o’zbek, rus, ingliz va yana 12 tilda olib borish mumkin.

Klaviatura foydalanuvchiga kerak bo‘lishi mumkin bo’lgan, keyingi so‘zni topib, matnni tez kiritishga yordam beradi, xatolarni tuzatadi, shuningdek tartibni osongina o’zgartiradi — probel belgisi bo’yicha barmoq bilan o’tishning o‘zi kifoya. O‘zbek tilida ham lotin, ham kiril alifbosida yozish mumkin.

Klaviaturada doimiy matn kiritish bor: shunchaki barmoq bilan bir xarfdan ikkinchi xarfga yuritish va yordamlarda so‘zlarni tanlash mumkin. Klaviaturaning chap qismi ustida yoqiladigan, virtual djoystik esa, kursorni matn bo’yicha osongina siljitadi.

Boshqa tilda so’zlashadigan odamlar bilan muloqot qilish uchun, tarjimon kerak bo’ladi: u 60 ta tilni biladi va replikalarni darhol tarjima qiladi.

“Yandeks.Klaviatura” smartfonlar uchun Android bazasida mavjud, uni Google Playda yuklab olish mumkin.