15 avgust kuni AQSh Davlat departamenti moliyaviy shaffoflik to‘g‘risida yillik hisobotni e’lon qildi. O‘zbekiston shaffoflikning fiskal talablariga javob bermaydigan 67 mamlakat qatoriga kiritildi.

Hisobotda keltirilishicha, hukumatlarning yillik moliyaviy shaffofligi hisoboti AQSh soliq to‘lovchilari mablag‘lari to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlaydi.

Ro‘yxatda, shuningdek, Ozarbayjon, Turkmaniston, Iroq, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar o‘rin olgan.

Gurjiston, Armaniston, Moldova, Turkiya, Polsha, Slovakiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston kabi davlatlar talablarga javob beradiganlar qatorida joylashgan.

Hisobot O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlardan biri fuqarolar uchun byudjetning nashr etilishi va, xususan, internetda mavjudligi qayt etilgan.

Biroq, kamchiliklar hali ko‘p. Ular orasida qarz majburiyatlari tarkibi oshkor qilinmasligi, vazirliklar va boshqa organlarning xarajatlari, tabiiy resurslardan keladigan daromadlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligi qayd etilgan.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra O‘zbekistonning moliyaviy shaffofligini quyidagi hollarda yaxshilash mumkin:

  • qarz vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan vazirlik xarajatlari haqida batafsil ma’lumotni ko‘rish imkoni;
  • “oqilona” muddatda davlatning bajarilgan byudjeti bo‘yicha auditorlik hisobotlarini tayyorlash va e’lon qilish;
  • foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha kontraktlar hukumat tomonidan qanday tamoyillar asosida tuzilishini batafsil yoritish kabilar.